Ronaldu “Yuventus”dan ketadimi?

    Ronalduga PSJ varianti qiziq koʻrinmoqda. Shu boismi u “Yuventus”ni tark etish haqida oʻylamoqda, Bundan tashqari Mendesh parijliklar sport direktori Leonardo bilan yaxshi tanish.

    “Foot Mercato» nashri maʼlumotiga koʻra, hujumchi Krishtianu Ronaldu “Yuventus”dan ketishi mumkin. 35 yoshli portugaliyalik futbolchi agenti Jorje Mendeshdan boshqa klub vakillari bilan uchrashuv tashkil etishni soʻragan.

    Manbada xabar qilinishicha, Mendesh va Leonardo oʻzaro suhbatlashishga ham ulgurgan. Ular Chempionlar Ligasining qolgan oʻyinlari davom etadigan Lissabon shahrida yana bir bor uchrashishi taxmin qilinmoqda.

    Ronaldu joriy mavsum A Seriyada 33 oʻyin oʻtkazib, 31 ta gol va 6 golli uzatma muallifiga aylandi.