Shu kunlarda jahon jamoatchiligining nigohi Marokashga qaratilgan. Bu mamlakatda sodir bo'lgan zilzila tufayli ikki mingdan ziyod aholi qurbon bo'ldi, minglab odamlar boshpanasiz qoldi.
Ularga yordam ko'rsatishda sportchilar ham chetda turgani yo'q. Mashhur futbolchi Krishtianu Ronaldu zilziladan jabr ko'rganlarni Marokashdagi o'z mehmonxonasiga joylashtirishga ruxsat berdi.
Marokashda bo'lib turgan ispaniyalik sayyohlarning yozishicha, Krishtianu Ronalduga tegishli bo'lgan mamlakat poytaxtidagi Pestana CR7 Marrakech mehmonxonasiga zilziladan jabr ko'rganlar joylashtirilgan.