«Rosatom» loyiha byurosi direktori Yuriy Mishin Toshkentga keldi

    Xalqaro hamkorlik 1 Mart 2023 899

    Joriy yil 27-fevralda Toshkent shahar hokim v.b Baxtiyor Rahmonov «Rosatom» korporatsiyasining Energiya samaradorligi va infratuzilma yechimlari boʻyicha loyiha byurosi direktori Yuriy Mishin bilan uchrashdi.

    Oʻzaro muloqot davomida poytaxtimizda elektr va issiqlik energiyasi taʼminotini yaxshilash, tizimda jiddiy uzilishlar boʻlishining oldini olish, umuman, kommunal ifratuzilmani modernizatsiya qilish masalasi atroflicha koʻrib chiqildi.

    Baxtiyor Rahmonov bugungi kunda poytaxtimiz elektr energiyasi tizimidagi vaziyatga eʼtibor qaratib, rejalashtirilgan va amalga oshirilayotgan ishlarga toʻxtalib oʻtdi. Bu yoʻnalishdagi tadbirlarda «Rosatom» bilan istiqbolli hamkorlik boʻyicha taklif bildirdi.

    Yurish Mishin bu borada tizim tashkilotlarida inventarizatsiya oʻtkazish, ish jarayoniga zamonaviy texnika va texnologiyalarni tatbiq etish samarali ekanligini taʼkidlab, bunda ikki tomon mutaxassislarining hamkorlikdagi ishi orqali ijobiy natijalarga erishish

    mumkinligini taʼkidladi va tez orada bu masalada zarur mutaxassislardan iborat ishchi guruhi Toshkentga kelishini qoʻshimcha qildi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

    Uchrashuvda tomonlar oʻzaro hamkorlik yoʻnalishlari va istiqbollarini koʻrib chiqdi.