“Rosatom” rahbari Oʻzbekistonga kelishini xabar qildi. Bu haqida Aleksey Lixachev “Exo Moskvы” radiostansiyasi efirida 14-sentyabr kuni xabar qildi.
“Biz hozir Oʻzbekistonda ikkita blokli AES qurilishini juda faol muhokama qilmoqdamiz. Men intervyudan soʻng u yoqqa uchib ketaman”, - dedi Lixachev.
Biroz oldin Oʻzbekiston energetika vaziri oʻrinbosari Sherzod Xodjayev ayni damda Rossiya bilan atom elektr stansiyasi qurish haqidagi shartnoma hozircha imzolanmaganini, lekin muzokaralar “finish chizigʻiga” chiqqanini xabar qilgan edi.
Rossiya va Oʻzbekiston 2018-yilda Atom elektr stansiyasi qurish haqida dastlabki shartnomani imzolashgan edi. Unga koʻra Rossiya Oʻzbekistonda umumiy quvvati 1,2 GVt boʻlgan “3+” avlod atom elektr stansiyasi qurishi rejalashtirilgan. Kelajakda ushbu AES quvvati 4,8 GVtgacha kuchaytirilishi mumkin.
Ayni damda Jizzax viloyatidagi Tuzkon koʻli yaqinida AES uchun joy tanlangan. U yerda muhandislik-tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 2019-yil fevralida imzolangan 10 yillik konsepsiyaga koʻra, Oʻzbekistonda AES qurilishi 2022-yilda boshlanishi kerak.