Roskosmos: Meteor-M № 2-4 fazoviy kemasi orbitaga olib chiqildi

    Payshanba, 29-fevral kuni Rossiyaning Meteor-M № 2-4 gidrometeorologik fazoviy kemasi orbitaga olib chiqildi. Bu haqda Roskosmos xabar berdi.

    “Bugun Soyuz-2.1b raketa-tashuvchisi orqali Vostochniy kosmodromidan uchirilgan Meteor-M №2-4 gidrometeorologik fazoviy kemasi belgilangan orbitaga yetkazildi va Fregat blogidan ajratildi”, deyiladi xabarda.

    Davlat korporatsiyasining ta'kidlashicha, Rossiya va xorijning 18 ta kichik sun'iy yo'ldoshlarini belgilangan orbitalarga chiqarish ishlari davom etmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.