Ixtiro kosmik kemaning parvozini kuzatish yoki uni tekshirish uchun ishlatilishi mumkin. Masalan, kosmik kemaning maqsadini aniqlash, uning texnik  xususiyatlarini baholash yoki yangi texnologik echimlarni izlashda bu yondashuv juda qo'l keladi. “Roskosmos” mutaxassislari inspektorning sun'iy yo'ldoshini maqsadli sun'iy yo'ldoshdan pastroq orbitaga tushirishni o'z ichiga olgan uchirish usulini ishlab chiqdilar.

Rossiya Mudofaa vazirligi bir necha marta o'z sun'iy yo'ldoshi inspektorlarining kosmosdagi sinovlari va kosmik kemani tashqi ta'sirlardan himoya qilishga qodir bo'lgan sun'iy yo'ldosh mudofaasi haqida gapirgan edi.

Yo'ldosh-inspektorlar orbitada harakatlangan paytda eng kam masofadan tashqi tekshiruv o'tkazishi va boshqa yo'ldoshlarni kontaktsiz texnik diagnostika qilishi mumkin. Ammo bu jarayondagi ma'lumotlar deyarli e'lon qilinmaydi.

Avvalroq, Rossiya kuzatuv uskunalari AQSHning  GSSAP harbiy sun'iy yo'ldosh inspektorlarining geostantsionar orbitada boshqa qurilmalarni tekshirayotgan intensiv harakatlarini kuzatayotgani haqida xabar berilgan edi.