Bu haqda Prezident matbuot kotibi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, tashrif doirasida bugun yuqori martabali mehmon O‘zbekiston Respublikasi oliy rahbariyatining qabulida bo‘ladi.
Mamlakatlarimiz yetakchilarining siyosiy irodasi va birgalikdagi saʼy-harakatlari tufayli O‘zbekiston — Rossiya munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida izchil rivojlanib, yangi amaliy mazmun bilan boyib bormoqda.