May oyida 1,9 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatilgan boʻlsa, iyun oyida bu koʻrsatkich 5,7 millionga yetdi.
Xalqaro reyslarda iyun oyida 69 ming yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatilgan. Bu may oyiga nisbatan 1,4 baravar koʻp. Ichki reyslarda esa, yoʻlovchilar soni uch baravar oshib, 5,6 million kishiga yetgan.
Iyun oyida eng koʻpi poytaxt aeroportlari xizmat koʻrsatgan: Jumladan, Domodedovo aeroporti 716,8 ming kishiga, Sheremetyevo — 612 ming kishiga, Vnukovo — 470,9 ming kishiga xizmat koʻrsatgan. Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroportidan esa 435 ming yoʻlovchi parvoz qilgan va kelib qoʻngan.
Hududiy aeroportlardan Novosibirskdagi Tolmachevo aeroporti 254,9 ming yoʻlovchiga xizmat koʻrsatib, peshqadamlik qilgan. Keyingi oʻrinni Krasnodardagi Pashkovskiy aeroporti egallagan. Uchinchi oʻrinni esa Yekaterinburgdagi Kolsovo aeroporti egallagan, deb xabar beradi Rossiyskaya gazeta.
Bunda 2020-yil yanvar oyi bilan solishtirilganda, barcha aeroportlar xizmatidan foydalangan yoʻlovchilar soni uch baravarga, yaʼni 15,4 million kishidan 5,7 million nafarga kamaygan.