Rossiya bilan hamkorlikda import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar oʻzimizda ishlab chiqariladi

    Energetika 23 Iyul 2021 631

    Rossiya sanoat korxonalari bilan hamkorlikda import mahsulotlarni Oʻzbekistonda ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

    Joriy yil 19-22-iyul kunlari “Oʻzbekneftgaz” AJ Ishchi guruhi Rossiya Federatsiyasining Tyumen viloyatida joylashgan bir qator sanoat korxonalariga tashrifi amalga oshirildi.

    Ishchi guruhi aʼzolari tomonidan Rossiyaning “GMS Neftemash” AJ va “IPF “Sibna” AJ ning ishlab chiqarish bazalari oʻrganildi.

    Xususan, “IPF Sibna” AJga tashrif chogʻida tarmoq korxonalari ehtiyoji uchun yangi turdagi import mahsulotlarni (oʻlchov nazorat asboblari) respublika hududida ishlab chiqarishni tashkil etish borasida hamkorlik masalalari muhokama etildi.

    Shuningdek, “GMS Neftemash” AJ va “Chirchiq qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJ hamkorligida katta hajmli mahsulotlarni “Oʻzbekneftgaz” AJ ehtiyoji uchun talab etiladigan import uskunalarni texnik buyurtma parametrlariga mosligi asosida oʻzlashtirishni tashkil etish yoʻnalishida kelishuvlarga erishildi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.