Uchrashuvda Moskva oblasti hukumati raisining oʻrinbosari – Moskva oblastini obodonlashtirish vaziri Mixail Xaykin, Moskva oblasti madaniyat va turizm vaziri Vasiliy Kuznetsov, Moskva oblasti madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari Aleksey Shimko va Moskva oblasti investitsiyalar, sanoat va fan vazirining oʻrinbosari Adil Gansov ishtirok etdilar.
Muzokaralarda Moskva viloyati bilan hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama etildi. Asosiy eʼtibor turizm sektorlari oʻrtasidagi aloqalarni oshirishga qaratilgan boʻlib, bu turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha tajriba almashish va ilgʻor yondashuvlarni joriy etish imkonini beradi.
Bundan tashqari, tomonlar sayyohlarni jalb etishga qaratilgan hamkorlikda reklama kampaniyalarini oʻtkazishga qaror qildilar. Bu nufuzli ommaviy axborot vositalari bilan ishlash va qoʻshma turistik marshrutlarni ilgari surishni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, “Rossiyada Oʻzbekiston turizmi yili” doirasida madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan madaniy tadbirlar tashkil etish rejalashtirilgan.
Maktab oʻquvchilari, talabalar va kasaba uyushma tashkilotlari uchun maxsus sayohat paketlarini yaratish, ikki mamlakat turizm sohalari vakillari uchun B2B va B2G uchrashuvlarini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratildi. Shaharlar va aeroportlarda LED ekranlar orqali turizm salohiyatni oʻzaro targʻib etish ham turistik takliflardan xabardorlikni oshirish yoʻlidagi muhim qadam boʻladi.
Delegatsiya Moskva oblasti vakillarining Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasida faol ishtirok etishiga umid bildirib, mintaqaning koʻrinishi va jozibadorligini oshirish uchun yagona stend yaratish muhimligini taʼkidladi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.