Rossiya Bosh vazir oʻrinbosari Tatyana Golikova koronavirus tufayli oʻzini-oʻzi yakkalash tizimiga qaytmaslik uchun niqob va qoʻlqop rejimiga qatʼiy amal qilishga chaqirdi.

“Men fuqarolarimizga yanvar, fevral oylaridagi kabi yana bir bor murojaat qilib ijtimoiy masofa, niqob va qoʻlqop taqish va hokazolar kabi barcha ehtiyot choralarini koʻrish muhim ekanligini eslatishni xohlardim. Biz yo shifokorlar oʻrnatgan talabga amal qilamiz, yoki oʻzini-oʻzi yakkalash rejimiga qaytamiz, nimaniki biz xohlamaymiz, va oʻylaymanki, unga yoʻl qoʻymaymiz ham”, — dedi jurnalistlarga Golikova.

Bosh vazir oʻrinbosari “Infeksiya yuqtirgan fuqarolarning 80-85 foizi ehtiyot choralariga amal qilmaganligi tufayli shu holatga tushgan. Bugun kasallikning tarqalish darajasi va uning davomiyligi siz bilan bizga bogʻliq ekanligi yaqqol namoyon boʻldi”, – deb eslatdi.

Koronavirus pandemiyasi boshidan dunyo boʻyicha 34,3 million atrofida odam kasallangan, 1,02 milliondan ortiq kishi qurbon boʻlgan. Koronavirusga qarshi kurash boʻyicha Federal tezkor shtabi maʼlumotiga koʻra, Rossiya Federatsiyasida 1 194 643 ta kasallanish holati aniqlangan, 970 296 kishi vafot etgan, 21 077 nafar odam vafot etgan, deb xabar beradi TASS.