“ZOʻR” (“Klass”) loyihasining 2-bosqichi doirasida A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining 5 nafar oʻqituvchilari Samarqand temir yoʻl vokzalida kutib olindi.

Rossiyalik oʻqituvchilar viloyatimiz pedagoglari bilan hamkorlikda bir yil davomida rus tili va rus tilida oʻqitiladigan umumtaʼlim fanlaridan oʻquvchilarimizga saboq berishadi. Ular uchun tuman, shaharlarda vaqtincha yashash uchun xonadonlar hozirlangan.