Rossiya Federatsiyaga pomidor eksport qiluvchilar soni oshdi

    Agrosektor 15 Aprel 2021 1630

    Respublikamiz hududlaridan Rossiyaga pomidor eksport qiluvchi korxonalar soni tobora ortib boryapti.

    Bu kabi natijalarga erishishda Respublika boʻylab olib borilayotgan qatʼiy fitosanitar tekshiruvlar hamda Oʻsimliklar karantini chegara maskanlaridagi nazorat tadbirlari muhim omil boʻlmoqda. Shuningdek, hududlardagi pomidor yetishtiruvchi issiqxonalarning holati oʻrganilib, maʼlumotlar Rossiya tomoniga taqdim etib kelinyapti. Endilikda, Fargʻona, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida pomidor yetishtiruvchi qoʻshimcha 17 issiqxonalardan mahsulot eksport qilinishi mumkin.

    Qoʻyida ushbu roʻyxat bilan tanishishingiz mumkin:

    Qashqadaryo viloyati:

    “Avtomobilchi MTP” MCHJ

    “Shahzoda Iroda Nodira” MCHJ

    “Fayzullayev Muhriddin” MCHJ

    “Qashqadaryo taraqqiyot parnik servis” MCHJ

    “Siyob Baraka” MCHJ

    Navoiy viloyati:

    “Navoiy Beton Tayyorlov” MCHJ

    “Agro Eksport Saxovati” MCHJ

    “Said-Shohsanam” MCHJ

    “Barakali hosil gold” MCHJ

    “Navoiy Saxovat Gold” MCHJ

    “Navoiy Ziroat Bogʻi” MCHJ

    “Johon Biznes Baraka Servis” MCHJ

    Fargʻona viloyati:

    “Real kabel invest” MCHJ

    “Zimniy sad” MCHJ

    “Yorqin Zahro” MCHJ

    “Ijodkor Baraka Xosildor” MCHJ

    “O Far Yoz Innovatsiya” MCHJ

    Rossiya Federatsiyasiga pomidor va qalampir mahsulotini eksport qilishi mumkin boʻlgan korxonalar hozirda 51 tani tashkil etadi. deb xabar beradi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi matbuot xizmati.

    Shuningdek, xabar orqali Batafsil roʻyxat www.karantin.uz saytida keltirilganligi maʼlum qilingan.

    Mazkur roʻyxatga kirmoqchi boʻlgan issiqxonalar mahsulotlaridan inspektorlar tomonidan olingan namunalarni Markaziy karantin laboratoriyasining PSR tekshiruvidan oʻtkazishlari maqsadga muvofiqligi, natijalar manfiy chiqqan taqdirda roʻyxat tuzilib, Rossiya tomonga taqdim etilishi eslatilgan.