Bu haqda viloyat rahbari Vyacheslav Gladkov o'zining telegram-sahifasida ma'lum qildi.

“Kvartiraga to'g'ridan-to'g'ri snaryad tushishi oqibatida bir fuqaro hayotdan ko'z yumdi. Erkak jarohatlar oqibatida shifokorlar yetib kelgunga qadar vafot etdi. Hozirda uch kishi yaralangan”, deb yozadi u.

V. Gladkovning so'zlariga ko'ra, yana bir kishining miyasi chayqalgan.

Viloyat rahbari ta'kidlaganidek, oltita shaxsiy uy, 11 ta ko'p qavatli uy, to'qqizta avtomashina va elektr tarmoqlariga zarar yetdi, deb xabar beradi report.az.