Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Samarqandga keldi

    Hukumat 1 Dekabr 2022 4093

    Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin 1 dekabr kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

    Samarqand xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

    Tashrif doirasida O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi qo'shma komissiyaning navbatdagi majlisini o'tkazish, O'zbekiston – Rossiya ishbilarmonlar forumida ishtirok etish ko'zda tutilgan.

    Tadbirning asosiy voqealari 2 dekabr` kuni bo'lib o'tadi.