Rossiya Federatsiyasi Prezidentiga hamdardlik

    Hukumat 11 May 2021 3966

    Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin Janobi Oliylariga

    Hurmatli Vladimir Vladimirovich!

    Fojiali voqea – Qozon shahridagi maktabda sodir bo‘lgan otishma oqibatida begunoh bolalar va yoshi kattalar halok bo‘lgani haqidagi xabar meni chuqur qayg‘u va larzaga soldi.

    Hech qanday vaj bilan oqlab bo‘lmaydigan ushbu mudhish zo‘ravonlik harakatini qat’iy qoralaymiz.

    Sizga, qurbon bo‘lganlarning ota-onalari va yaqinlariga samimiy hamdardlik izhor etaman hamda jarohat olganlar tez fursatda shifo topishlarini tilayman.

    Ushbu musibatli damlarda O‘zbekistonning ko‘pmillatli xalqi Rossiya xalqi uchragan judolikki qayg‘udoshdir.

    Hurmat bilan,
    Shavkat Mirziyoyev,
    Prezident Respubliki Uzbekistan