Rossiya migrantlarni deport qilishi haqidagi xabarlar yolgʻon

    Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan mehnat migrantlarining Rossiya Federatsiyasida harbiy xizmatga majburiy chaqirilishi haqidagi mish-mishlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

    RFning Oʻzbekistondagi elchixonasi maʼlumotiga koʻra, Internetda chet el fuqarolari, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan mehnat migrantlarining Rossiya Federatsiyasida harbiy xizmatga majburiy chaqirilishi haqidagi mish-mishlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

    Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining soxta buyrugʻiga tayanib, Rossiyada vaqtincha boʻlib turgan Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston fuqarolari qisman safarbar qilinishi, agar shartnoma tuzishdan bosh tortsa, goʻyoki ularning ishlashga ruxsatnomalari bekor qilinishi va deportatsiya qilinishi haqidagi notoʻgʻri xabarlar tarqatilmoqda.

    Rossiya Federatsiyasi hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolarini turli daʼvatlarga ergashmaslikka, faqat rasmiy maʼlumotlarga eʼtibor qaratishga chaqiramiz, deyiladi xabarda.