Mehmonlarni qarshi olgan Sh. Umurzoqov tashrif uchun minnatdorlik bildirib, ayni paytdagi mamlakatlararo aloqalarning rivojlanish surʼatlariga davlatlarimiz rahbarlari Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin tomonidan oʻrnatilgan samarali muloqot mustahkam zamin yaratganini aytdi. Shuningdek, poytaxt hokimligi Rossiya biznesining Toshkentdagi ishtiroki va rivojini qoʻllab-quvvatlashini, raqamlashtirish, turizm, ilm-fan, tibbiyot, taʼlim, madaniy-gumanitar sohalardagi barcha taklif va loyihalarni batafsil oʻrganishga tayyorligini taʼkidladi.

O. Malginov uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, oʻzaro iqtisodiy, savdo, siyosiy va boshqa aloqalarning faol rivojlanishi jarayonida Oʻzbekiston poytaxti bilan RF hududlari oʻrtasidagi muloqotni jadallashtirish maqsadga muvofiqligini aytdi. Energetik infratuzilmani yangilash va rivojlantirishda Rossiya korxonalarining qiziqishini alohida taʼkidlab, bu yoʻnalishda qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida taraflar 24-26-aprel kunlari Toshkentda boʻlib oʻtadigan « Innoprom Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat koʻrgazmasi yuqorida qayd etilgan maqsadlar uchun qulay maydonga aylanishiga ishonch bildirdi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.