Bu haqda viloyat gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksandr Xinshteyn Telegramda ma'lum qildi.
“Bugun tunda Jeleznogorsk tumanidagi Trosna-Kalinovka avtomobil yo'lining 48-kilometrida yuk lokomotivi harakatlanayotganda ko'prik qulab tushdi. Poyezdning bir qismi ko'prik ostida qolgan yo'lga qulab tushdi. Lokomotiv yonib ketdi – Favqulodda vaziyatlar vazirligi uni tezda barataraf etdi”, deb yozdi u.
Ma'lumotlarga ko'ra, butun lokomotiv ekipaji shifoxonaga yetkazilgan, jarohatlanganlar soni aniqlanmagan, deb xabar beradi report.az.
“Ko'prik ostidan avtomobillar harakati vaqtincha to'xtatildi, aylanma yo'l tashkil etildi”, deya qo'shimcha qildi viloyat rahbari.