Rossiya Federatsiyasining “KvantForm” OAJ vakillari TDTUning Olmaliq filialida

    Shu yilning 4-oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasining “KvantForm” OAJ vakillari I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialiga tashrif buyurdi.

    Tashrif davomida Rossiya Federatsiyasining “KvantForm” OAJ va TDTU Olmaliq filialida oʻrtasida hamkorlik shartnomasi tuzildi. Shuningdek, TDTUning Olmaliq filialida “QForm dasturida navli prokatlarni loyihalash va modellashtirish” mavzusi boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi.

    Tadbirda N.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti professor oʻqituvchilari TDTU Olmaliq filiali direktori A.U.Samadov va professor-oʻqituvchilari, doktorantlar, magistr va bakalavr talabalar, shuningdek, “Oʻzmetkombinat” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Oʻzbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ, “LI DA METAL TECHNOLOGY” XK MCHJ, “Angren pipe plant” MCHJ hamda “Ohangaron quvur metallurgiya zavodi” MCHJ QK mutaxassislari ishtirok etdi.

    Shuningdek, tadbirda mehmonlar QForm dasturi va uning imkoniyatlari toʻgʻrisida taqdimot qildi. Tadbir qatnashchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Shu bilan birga mehmonlar filial laboratoriyalari bilan tanishtirildi.

    Kunning ikkinchi yarmida “QForm” dasturida amaliy ishlar bajarilib, ishlab chiqarish soha mutaxassislari hamda filialning bakalavr va magistr talabalari berilgan topshiriqlar boʻyicha mashqlar bajardi hamda ishtirokchilarga “QForm” dasturi boʻyicha boʻlib oʻtadigan xalqaro olimpiadada ishtirok etish yuzasidan tavsiyalar berildi.


    Hamkorlik materiali