Rossiya gazi Oʻzbekistonga yetkazib beriladi

    Xalqaro hamkorlik 16 Iyun 2023 1475

    Rossiya gazini Oʻzbekistonga Qozogʻiston hududi orqali eksport qilish 2023-yilning toʻrtinchi choragidan boshlanadi.

    Bugun Sankt-Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya gazini Oʻzbekistonga yetkazib berish boʻyicha shartnoma va respublika gaz uzatish tizimini Rossiya gazini qabul qilishga tayyorlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” imzolandi.

    Energetika vazirligi axborot xizmatining xabariga koʻra, hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayev ishtirokida Oʻzbekiston Respulikasi Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov hamda “Gazprom” OAJ Boshqaruvi Raisi Aleksey Miller imzoladi.

    Taʼkidlanishicha, Rossiya gazini Oʻzbekistonga Qozogʻiston hududi orqali eksport qilish 2023-yilning toʻrtinchi choragidan boshlanadi.