Hujjatning avvalgi tahririda “qurilish sohasida faoliyat olib boradigan Rossiya yuridik shaxslarida mehnat qilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini vaqtincha faoliyat yuritishga jalb etish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish” toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Yangi qarorga muvofiq, tashabbus “agrosanoat majmuasi sohasidagi” kompaniyalarga ham tatbiq etiladi, deb xabar beradi TASS.
Tajriba loyihasi doirasida jalb etiladigan Oʻzbekiston fuqarolarining maksimal soni ham oshirildi. Avval ular soni 10 ming kishini tashkil etgan. Endilikda bu kvota qurilish industriyasi uchun saqlanib qolingan holda, yana 1 108 kishi agrosanoat kompleksiga ishga jalb etilishi mumkin.
Rossiya Qishloq xoʻjaligi vazirligiga agrosanoat majmuasida faoliyat yurituvchi va Oʻzbekistondan kadrlar jalb etish istagida boʻlgan kompaniyalar roʻyxatini shakllantirish, shuningdek, ular bilan shartnomalar tuzish vazifasi yuklatildi.
Ishchilarning oʻzlari uchun bir qator talablar qoʻllanilishi davom etadi. Shunday qilib, Rossiya Federatsiyasi chegarasidan oʻtishda ular koronavirus uchun salbiy PSR testini taqdim etishlari kerak. Shu bilan birga, bunday tahlil endi Rossiya hududiga kelishdan kamida 48 soat oldin amalga oshirilishi kerak. Ilgari bu muddat 72 soat edi.
Shuningdek, Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyaga kelishidan kamida 14 kun avval “Sputnik Layt” yoki koronavirus infeksiyasiga qarshi boshqa vaksinalar bilan emlanganligi toʻgʻrisida hujjat taqdim etishi yoki kelishidan kamida besh oy avval kovid bilan kasallanib, davolangani haqidagi faktni tasdiqlashi shart.