Rossiya ichki ishlar vaziri “foydasi tegmaydigan” muhojirlarni deportatsiya qilishga chaqirdi

    Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev “Rossiya jamiyati uchun foydasiz” muhojirlar mamlakatni tark etishi kerakligini aytdi.

    U ishlamayotgan, Rossiya Federatsiyasida ta'lim olmayotgan, daktiloskopiya jarayonidan o'tmagan va rus tilini o'rganmaganlarni ana shunday xorijliklar qatoriga kiritdi.

    “Ishlamaydigan va o'qimayotgan, shuningdek, daktiloskopiya jarayonidandan o'tmagan yoki rus tilini o'rganmagan muhojirlar Rossiya jamiyatiga hech qanday foydasi yo'q, Rossiyani tark etishi kerak”, dedi Vladimir Kolokolsev.

    Rossiya IIV rahbarining so'zlariga ko'ra, “ko'chalarda va turar-joylarda noqonuniy migrantlar bo'lmasligi kerak”.

    U, shuningdek, “muhojirlar o'rtasidagi jinoyatchilikka qarshi tizimli choralar ko'rishga” va “ogohlik bilan” ishlashga chaqirdi. Uning so'zlariga ko'ra, ko'rilayotgan choralar “aybdorlar uchun jazo muqarrarligini ta'kidlagan holda” e'lon qilinishi kerak.

    Bundan tashqari, migratsiya bo'limlaridagi navbatlardan xalos bo'lish zarurligi qayd etildi, deb xabar beradi 24.kg.

    “Migratsiya bo'limlariga tashrif buyuruvchilarning to'planib, mahalliy aholining salbiy munosabatiga sabab bo'layotgan holatlarga barham berishimiz kerak”, deya ta'kidladi IIV rahbari va OAV va ijtimoiy tarmoqlarda navbatlarning surat va videolarining vaqti-vaqti bilan paydo bo'layotgani “qabullarni tashkil etishdagi kamchiliklarni yaqqol ko'rsatib turibdi”.