Rossiya IIV noqonuniy migrantlar tufayli MDH mamlakatlariga qatʼiy talab qoʻydi

    Dolzarb 16 Aprel 2021 1158

    MDH mamlakatlari 15-iyungacha Rossiyada noqonuniy yashab kelayotgan migrantlarini olib chiqib ketishi kerak. Aks holda Moskva chegarani yopishgacha boʻlgan chora koʻrishga majbur boʻladi, deb eʼlon qildi Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar vaziri Aleksandr Gorovoy.

    U bu haqda MDH ishtirokchi-mamlakatlarining Parlamentlararo assambleyasi yigʻilishida soʻz yuritdi.

    “Hurmatli hamkasblar, men sizlarga iltimos bilan murojaat etgim keladi. Bugun sizlarning fuqarolaringiz mening yurtim hududida noqonuniy yashab kelyapti, — deb eʼlon qildi u. — Agar biz sizlar bilan ularni 15-iyungacha olib chiqishini taʼminlamasak, prezident farmonida belgilanganidek, ular mamlakatdan chiqarib yuborish bilan jazolanib qolmasdan, chegarani yopishgacha borishimiz mumkin”.

    Vazir oʻrinbosari bu muammo bilan OAV va “mahalliy davlatlar blogerlari” yordamida shugʻullanishni tavsiya qildi.

    “Migratsiya tartib-qoidalarini buzganlik uchun sizlarning mamlakatlaringiz fuqarolariga hech qanaqangi huquqiy choralar qoʻllanilmaydi”, — deb ishontirdi Gorovoy.

    Pandemiya tufayli migrantlarning bir qismi Rossiyani tark etishga ulgurgan. Lekin chegaraning yopiqligi tufayli qayta olmagan. Yana bir qismi esa oʻz uylariga keta olmagan. Prezident farmonlari bilan qolib ketgan chet elliklarga 2021-yil 15-iyungacha Rossiyada yashash huquqi taqdim etildi. Yaʼni hisobda turish hamda ularning huquqiy holatini belgilovchi yana boshqa choralarini tartibga solish muddatlari uzaytirildi, deb xabar beradi “Interfax.ru”.