YUriy Belous Futbol Market kompaniyasi direktori lavozimida ishlab keladi. SHuningdek, ma'lum vaqt "Rostov" klubi bosh direktori, "Lokomotiv" klubida vitse-prezident hamda "Moskva" va "Torpedo" jamoalarida rahbarlik qilgan. Ayni damda esa futbol agenti sifatida faoliyat ko'rsatmoqda. Belous o'zbek futboliga begona emas. U Vadim Abramov bilan yaxshi munosabatda. Agent 2019 yil noyabr` oyida Toshkentga tashrif buyurgan va O'zbekiston - Qirg'iziston uchrashuvini stadiondan kuzatgan edi.
eslatib o'tamiz, Jasur Jaloliddinov may oyida 18 yoshga to'ldi. U o'tgan yil so'nggida Italiyaning Filippo Indzagi boshchiligidagi "Benevento" klubi mashg'ulotlarida qatnashib qaytgan edi.









