Shipenko va Peresild “Chaqiriq” deb nomlangan filmni suratga olish uchun 17-oktyabrga qadar, deyarli ikki hafta koinotda boʻladi.
Raketa sayyoraning ikkinchi kosmonavti German Titov sharafiga nomlangan. Ekipajga kosmonavt Anton Shkaplerov boshchilik qiladi.
Rejaga koʻra, “Soyuz MS-19” orbital stansiyaga ikki burilish sxemasi boʻyicha uchadi. Taxminlarga koʻra, u unga taxminan 3 soat 17 daqiqada koʻzlangan manzilga yetib boradi.
2020-yil sentyabr oyida kosmosda badiiy film suratga olish niyati “Roskosmos” tomonidan eʼlon qilindi. “Chaqiriq” kinodramasi kosmik agentlik, “Pervыy” telekanali va “Yellow, Black and White” studiyasining qoʻshma loyihasidir.