Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga ishora qiluvchi “Interfaks” agentligining xabar berishicha, N.F. Gamaley nomidagi milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazi tomonidan koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqarish boshlandi.
Bir kun oldin N.F. Gamaley nomidagi milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg koronavirusdan ruslarni katta emlash jarayoni dekabr yoki yanvar oylarida boshlanishi mumkinligini taʼkidlagan.
“Kommersant” gazetasi xabariga koʻra, prezident Vladimir Putin 11-avgust kuni koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi “Sputnik-5” vaksinasini roʻyxatdan oʻtkazish haqida xabar berdi. Bu vaksina 2021-yil 1-yanvarda muomalaga kiradi, deb taxmin qilinmoqda. Uchta rus korxonasi ishlab chiqarishni vaksina yaratish texnologiyasiga moslashtira oldi.
Shanba kuni ertalab Rossiyada koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni kunlik oʻsish boʻyicha 5061 nafarni tashkil etdi. Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 918 ming odam koronavirusdan zararlangani qayd etilgan.