Rossiya maxsus reys bilan Oʻzbekistonga jinoiy javobgarlikka tortish va hukmni ijro etish uchun 56 nafar fuqarolarni joʻnatdi. Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Taʼkidlanishicha, Rossiya bosh prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Bosh prokuraturasining jinoiy javobgarlikka tortish uchun, jumladan, odam oʻldirishga suiqasd qilish, bosqinchilik, oʻgʻrilik va boshqa jinoyatlar uchun fuqarolarni topshirish toʻgʻrisidagi soʻrovi qanoatlantirilgan.
“Bugun Novosibirsk aeroportida epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda barcha zaruriy xavfsizlik choralariga rioya qilib, 56 nafar fuqaroni vataniga topshirish amalga oshirildi”, - deyilgan xabarda.
Koronavirus tarqalishi tufayli ularni vataniga topshirishda alohida choralar koʻrilgan. Oʻzbekiston tomoni ularni olib ketish uchun maxsus aviareys joʻnatgan.