Rossiya migrantlar masalasidagi raqobat haqida ogohlantirildi

    Dolzarb 12 Fevral 2024 1325

    RFA demografiya institiuti rahbari: MDH mamlakatlaridan kelgan migrantlar Xitoy va Birlashgan Arab Amirligiga jo‘nab ketdi.

    So‘ngi yillarda Rossiya, Xitoy, YeI, BAA va Qatar o‘rtasida migrantlar uchun raqobat avj oldi, deb e’lon qildi RBKga RFA demografiya instituti direktori. Bugun Rossiya mehnat kuchi uchun kurashishi lozim, deb hisoblaydi ekspert.

    So‘ngi yillarda an’anaga ko‘ra Rossiyada ishlab kelayotgan MDH davlatlaridan kelgan mehnat migrantlari uchun ko‘chib o‘tishga yangi jozibador yo‘nalishlar paydo bo‘la boshladi. Bu haqda RBKga intervyu berishda RFA federal ilmiy-tadqiqot markazi demografiya instituti direktori Marina Xramova fikr bildirdi.

    «Masalan, bugun Xitoy juda mehnat migrantlari uchun yaxshi sharoitlar taklif qilyapti, va biz Tojikistondan Xitoyga mehnat migrantlari oqimining oshishining dastlabki belgilarini ko‘ryapmiz. Undan tashqari MDH mamlakatlari migrantlart ishga joylashish maqsadida ko‘proq yevropa mamlakatlari bilan qiziqyapti. Va o‘zbeklar bu jarayonga faol jalb etilgan. Arab mamlakatlari, xususan, BAA, Qatar ham Markaziy Osiyo mamlakatlaridan ko‘plab migrantlarni jalb eta boshladi», — deb ta'kidladi institut direktori.

    Bu borada raqobatning bu darajada avj olayotgan paytida Rossiya mamlakat mehnat bozorining jozibadorligini oshirishi lozim, deb hisoblaydi M. Xramova.

    «Rossiya migrantlar uchun kurashishi kerak. Ayniqsa biz uchun zarur bo‘lgan malakali ishchilar uchun. Demak ular uchun qoniqarli mehnat sharoiti, ish haqi, ish beruvchi tomonidan muayyan imtiyozlar, masalan tibbiy sug‘urta va hokazolar taklif qilinishi zarur. Ishchi kuchi uchun raqobat, xoh ular horijlik bo‘lsin, xoh o‘zimizniki, keskin oshib boryapti», — dedi ekspert.