Vazir masalani hal etishga shuningdek, “yozgi mavsumni qoʻldan chiqarmaslik”ka harakat qilishga vaʼda berdi. Hozir hukumat quruvchilarning karantinda boʻlishining oldini olish maqsadida qoʻlida koronavirus boʻyicha salbiy test natijalari bor va Rossiya chegarasida testdan oʻtgan ishchilarning kirish imkoniyatlarini muhokama qilyapti. Shuningdek, yirik kompaniyalar oʻz xodimlarini emlanishini tashkil etadi.
Fayzullin transport masalasiga eʼtibor qaratdi. Oʻzbekiston va Tojikistondan haftasiga bitta aviareys — bu kam. Hukumat aviatashuvchilar bilan reyslar sonini koʻpaytirish masalasini muhokama qilyapti. Buning uchun Idoralararo komissiya ularga ruxsat berishi kerak. “Undan tashqari bu mamlakatlar bilan temir yoʻl aloqasi mavjud, avvallari avtobuslarda olib kelinardi. Barcha transport vositalarini jalb etish kerak”, — deb tushuntirdi vazir.
Avvalroq Peterburg Xalqaro forumida poytaxt merining iqtisodiy siyosat masalalari boʻyicha oʻrinbosari Vladimir Yefimov Moskvada mehnat migrantlarining yetishmasligi haqida eʼlon qilgandi. Shaharda bor-yoʻgʻi 300 ming nafar atrofida, yaʼni kerakli ishchilar sonining 30 foizi mavjud. Ishchilarning yetishmasligi ayniqsa qurilishda sezilyapti, deb xabar beradi Lenta.ru