Tomonlar Rossiya Federatsiyasi hududida yashovchi O‘zbekiston fuqarolari uchun 2021-yil 24-oktyabrda bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovida ishtirok etishini tashkillashtirish masalalarini muhokama qildilar. 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir maslahatchisi Mehriddin Haydarov O‘zbekiston fuqarolari zich yashaydigan joylarda muddatidan avval sayyor saylovni tashkil etish amaliyoti haqida so‘zlab berdi va Markaziy saylov komissiyasidan bunday imkoniyatni amalga oshirishda ko‘maklashishini so‘radi. Delegatsiya a'zolarining so‘zlariga ko‘ra, joriy yil bunday saylovlarni Rossiyaning 50dan ortiq sub'ektlarida o‘tkazish rejalashtiriladi.

Ella Pamfilova uchrashuv ishtirokchilarini Saylov komissiyasi Rossiya hududida O‘zbekiston fuqarolarining Prezident saylovida ovoz berishini tashkil etishda ko‘maklashishiga ishontirdi, deb xabar beradi Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati.