Bu haqda FSBning Jamoatchilik bilan aloqalar markazi ma'lum qildi.
Hozirda Bulgakovning noqonuniy faoliyatiga sabab bo'lgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash bo'yicha tergov harakatlari va tezkor choralar ko'rilmoqda.
“2008 – 2022-yillarda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirining o'rinbosari lavozimini egallagan Dmitriy Bulgakovga nisbatan korrupsiya bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atilib, uning doirasida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan. Ayblanuvchiga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda”, dedi Rossiya Federatsiyasi Tergov qo'mitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenko.
2022-yil sentabr oyida u boshqa ishga o'tganligi sababli lavozimidan ozod qilingan, deb xabar beradi ria.ru.