Umuman, ayni yoʻnalishda qanday chora-tadbirlar koʻrilyapti?

“Sputnik” xabariga qaraganda, Rossiya transport vazirligi koronavirus boʻyicha mamlakat tezkor shtabiga COVID-19 munosabati bilan xalqaro yoʻlovchi tashishga nisbatan qoʻyilgan cheklovni olib tashlash toʻgʻrisida soʻrov yubordi.

Bu tez kunlarda yaqin xorij davlatlari bilan temir yoʻl qatnovi qayta yoʻlga qoʻyilishi mumkinligini anglatadi.

Avvalroq Rossiya Oʻzbekistonga koronavirus pandemiyasi tufayli amalga kiritilgan taqiqlarni bekor qilgani maʼlum boʻlgandi. Toʻgʻri, bu roʻyxatda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Armaniston, Ozarbayjon va Eron ham bor.

Reyslar hukumatlararo havo qatnovi boʻyicha ikki tomonlama kelishuv qoidalari hamda aviatsiya tarmogʻi mutasaddi tashkilotlari oʻrtasida tuzilgan alohida shartnomalar asosida amalga oshiriladi.