Rossiya o‘zbekistonlik talabalar uchun kvotani oshiradi

    Ta'lim 15 May 2021 1629

    Rossiyada kvota bo‘yia talabalar soni oshiriladi, deb xabar berdi Fan va oliy ta’lim vaziri Valeriy Falkov.

    Chet ellik talabalar uchun kvotani oshirish masalasi Prezident Vladimir Putin rahbarligida bo‘lib o‘tigan Rossiya Federatsiyasi hukumat yig‘ilishida muhokama etildi.

    Falkovning so‘zlariga ko‘ra, xorijiy abiturientlarning Rossiya oliy ta’limiga qiziqishi pandemiya va boshqa noxush omillarga qaramay ortib borayotganligi ta’kidlangan.

    «Albata, biz mamlakatga kuchli, talantli kadrlarning kirib kelishidan manfaatdormiz. Shuning uchun ortib borayotgan qiziqishdan kelib chiqib, xorijiy fuqarolarning ta’lim olishi uchun kvotalarni oshirish haqida qaror qabul qilindi. Bu yerda peshqadamlikni bizning yaqin qo‘shnilarimiz — O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston qo‘lga olgan. U yerlarda Rossiya ta’limiga an’anaviy qiziqish juda yuqori», — deb e’lon qilgan vazir.

    Shuningdek, yig‘ilishda MDH mamlakatlarida rus tilini rivojlantirish bo‘yicha choralar ishlab chiqish haqida qaror qabul qilingan, deb xabar beradi «RitmEurasia».