Rossiya Prezidenti tashrif bilan O‘zbekistonga tashrif buyurdi

    Xalqaro hamkorlik 15 Sentabr 2022 4100

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 15-sentabr kuni tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

    Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

    Tashrifning birinchi kunida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.

    Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatni imzolash ko‘zda tutilgan.

    16-sentabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.