Muloqotda Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Joriy yili Oʻzbekistonda oʻtkazilishi rejalashtirilgan madaniy-gumanitar tadbirlar, shu jumladan MDH ijodiy va fan ziyolilari forumining tashkiliy jihatlari koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.