18-iyuldan boshlab, haftaning dushanba va payshanba kunlari “Toshkent” avtovokzalidan soat 12:00 da Toshkent–Moskva yoʻnalishida qatnovlar amalga oshiriladi. Mazkur yoʻnalishda chipta narxi 1 000 000 soʻm;
Toshkent–Qozon yoʻnalishida qatnovlar haftaning seshanba va juma kunlari bajariladi. Avtobuslar “Toshkent” avtovokzalidan soat 11:00 da harakatlanishni boshlaydi. Chipta narxi 800 000 soʻm;
Toshkent–Sankt-Peterburg yoʻnalishida qatnovlar haftaning chorshanba va shanba kunlari bajariladi. Avtobuslar “Toshkent” avtovokzalidan soat 16:00 da yoʻnalish boʻylab harakatlanishni boshlaydi. Chipta narxi 1 250 000 soʻm, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.