Maʼlumki, Rossiya Shaxmat federatsiyasiga nisbatan Xalqaro shaxmat federatsiyasi – FIDE va Yevropa shaxmat ittifoqi – ECU tomonidan sanksiya qoʻllanilib, rossiyalik shaxmatchilar jamoaviy musobaqalardan chetlatilgan. Shaxmatchilarga shaxsiy turnirlarda FIDE yoki boshqa federatsiya bayrogʻi ostida qatnashishga ruxsat berilgan.

Shuning uchun Rossiya Shaxmat federatsiya Osiyo shaxmat federatsiyasi – ACFga qoʻshilmoqchi.   ACF tarkibiga 50 dan ziyod mamlakat shaxmatchilari birlashgan. Joriy yilda Dehlida erkaklar va ayollar oʻrtasidagi qitʼa chempionati hamda 10-25-sentyabr kunlari Xanchjouda Osiyo oʻyinlari doirasida jamoaviy turnir boʻlib oʻtadi.

Albatta, istak bildirildi. Ammo sanksiyaga uchragan federatsiyani  ACF oʻz tarkibiga qabul qiladimi? Gap shunda.