Vazirning so'zlariga ko'ra, vaktsinani fuqarolik muomalasiga kiritish oktyabr oxiri yoki noyabr oyi avvalida boshlanadi.

Murashko, shuningdek, Rossiya bilan bir qatorda chet elda ham koronavirusga qarshi emlovga talab juda yuqori ekanligini ta'kidladi.

Еslatib o'tamiz, 11 avgust kuni Rossiya dunyoda birinchi bo'lib koronavirusga qarshi vaktsinani ro'yxatdan o'tkazdi. “Sputnik V” preparati Gamaleya nomidagi ilmiy-tadqiqot markazida Rossiya to'g'ridan-to'g'ri investitsiya jamg'armasi ko'magida ishlab chiqilgan. 9 sentyabrda mamlakatda vaktsinani klinik sinovlar o'tkazishdan keyingi bosqichi boshlandi.

Ayni paytda “Sputnik V” vaktsinasining sinovlari Belorusda ham bo'lib o'tmoqda, bu Gamaleya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqarilgan preparatning klinik sinovlarini boshlagan birinchi mamlakat bo'ldi. Ma'lum qilinishicha, Rossiya emlovini olgan Belorus fuqarolari o'zlarini yaxshi his qilmoqda.

Venesuela o'tgan hafta Rossiya vaktsinasining birinchi partiyasini oldi. Prezident Nikolas Maduro o'g'li va opasi Rossiyaning “Sputnik V” emlovini sinovdan o'tkazishda ixtiyoriy ravishda ishtirok etishini ma'lum qildi.