Rossiya va KXDR o'rtasidagi kelishuv harbiy yordam ko'rsatishni nazarda tutadi

    Koreya markaziy axborot agentligining hujjatga tayanib xabar berishicha, agar tomonlardan biri qurolli hujumga uchrasa, ikkinchi tomon darhol yordam ko'rsatadi.

    Rossiya Federatsiyasi va KXDR o'rtasida har tomonlama strategik sheriklik to'g'risidagi shartnomaning 4-moddasida kelishuv ishtirokchilaridan biriga tajovuz sodir bo'lgan taqdirda harbiy yordam ko'rsatilishi nazarda tutilgan. Shartnoma matni Koreya markaziy telegraf agentligi tomonidan taqdim etildi.

    “Agar tomonlardan biri boshqa davlat yoki davlatlar guruhi tomonidan qurolli hujumga uchrasa va urush holatiga tushib qolsa, ikkinchi tomon Rossiya Federatsiyasi va KXDR qonunlari, BMT Nizomiga muvofiq o'z ixtiyorida bo'lgan barcha vositalar bilan zudlik bilan harbiy va boshqa yordam ko'rsatadi”, deyiladi Koreya markaziy telegraf agentligi tomonidan e'lon qilingan kelishuv matnida.

    Shuningdek, Moskva va Pxenyan tajovuz tahdidi yuzaga kelgan taqdirda pozitsiyalarni muvofiqlashtirish va tahdidni bartaraf etishda hamkorlikni ta'minlash choralarini kelishib olishdi. Shartnomada tomonlar bir-biriga nisbatan bir tomonlama majburlov choralari qo'llanilmasligini kafolatlashi belgilab qo'yilgan.

    Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bir kun avval kelishuv o'zaro yordamni nazarda tutishini aytgandi, deb xabar beradi tass.ru.