“Agroekspress” Rossiya — Oʻzbekiston loyihasining ishlab chiqilishi nihoyasiga yetkazilish arafasida va yaqinda uning amalga oshirilishi boshlanadi, deb xabar beradi RIA Novostiga Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri oʻrinbosari Dmitriy Volvach.

Oziq-ovqatlar narxi keskin oshib ketganligi tufayli Rossiya Prezidenti Putin 9-avgustda hukumatga yaqin qoʻshni mamlakatlardan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini olib kirishni koʻpaytirish choralarini koʻrish topshirigʻini berdi.

“Hozirgi vaqtda hujjatning Oʻzbekiston tomonidan ishlab chiqilishi davom etyapti. Logistika yoʻlagini yoʻlga qoʻyish boʻyicha loyihani amalga oshirish oʻzaro qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetkazishni barqaror oʻstirish imkonini beradi. Kelajakda mahsulotlarni “eshikdan eshikkacha” yetkazuvchi maʼlum yoʻnalish boʻylab harakatlanadigan konteynerli poyezdlar joriy etish rejalashtirilyapti”, — deb qoʻshimcha qildi vazir oʻrinbosari.

Uning soʻzlariga koʻra, loyiha uchun bojxona va nazorat xizmatlarining birgalikdagi harakatining texnik shartlarining muvofiqlashuvini, tariflar va koʻchib yuradigan tarkib loyihani koʻzda tutadigan harakat rejasi ishlab chiqilgan, deb xabar beradi Hamdoʻstlik mamlakatlari Ijroiya qoʻmitasi.

Shuningdek xabarda Rossiya Federatsiyasi Ulgurji-tarqatish markazlarining milliy uyushmasi (NAORS) direktori Sergey Lisovskiyning Oʻzbekistonning Jizzax viloyatida qishloq xoʻjalik mahsulotlarining ulgurji — logistik markazi qurilishi boshlangani, bu esa yetkaziladigan mahsulot hajmining oshishiga koʻmaklashishi haqidagi fikrini bayon qilgan.

“Oʻzbekiston Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, joriy yilning birinchi yarmida mamlakat Rossiyaga 113,7 million dollarga meva-sabzavotlar eksportini amalga oshirgan”, —deyiladi mazkur xabarda.