Vazirlikning taʼkidlashicha, bugun Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning transport sohasidagi quyi qoʻmitasining ikkinchi yigʻilishi videokonferensiya tarzida boʻlib oʻtdi. Unga Rossiya transport vazirining birinchi oʻrinbosari - Federal havo transporti agentligi rahbari Aleksandr Neradko, Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri Elyor Gʻaniyev rahbarlik qildi.

"Tomonlar havo transporti sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini koʻrib chiqdi. Xususan, Havo transporti federal agentligi va Fuqaro aviatsiyasi agentligi oʻrtasida havo kemalariga yaroqlilik sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida shartnoma imzolashga tayyorgarlik koʻrish bilan bir qatorda aviakompaniyalar sonini koʻpaytirish imkoniyati muhokama qilindi. Ishtirokchilar ikki mamlakat oʻrtasidagi reyslar, yoʻlovchilar va yuklarni tashish uchun arzon narxlarda Rossiya-Oʻzbekiston aviakompaniyasini yaratish toʻgʻrisida mulohaza yuritdi”, — deyiladi xabarda.