Rossiya va O‘zbekiston harbiy sohada strategik hakmorlik dasturini ishlab chiqdi

    Harbiy 30 Aprel 2021 524

    Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu Rossiya va O‘zbekiston Qurolli kuchlari harbiy sohada 2021—2025-yillarga mo‘ljalangan strategik hakmorlik dasturini tayyorlaganini ma’lum qildi.

    «Uning amalga oshirilishi hamkorlikka tizimli tus berishi barobarida uni munosabatlarimiz ruhiga mos darajaga ko‘tarish imkonini yaratadi. Bunday hujjat birinchi marta ishlab chiqildi. Bugun uni tasdiqlashni taklif qilaman», — dedi Sergey Shoygu O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov bilan Buxoroda bo‘lib o‘tgan muzokarada.

    Sergey Shoygu o‘zbekistonlik hamkasblarini «Rossiya Mudofaa vazirligining m uhim yirik tadbirlariga — deyarli bir vaqtda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha IX Moskva konferensiyasiga, «Armiya» xalqaro harbiy-texnika forumiga, hamda Armiya xalqaro o‘yinlariga» taklif etdi.

    «Biz bu tadbirlarni ushbu texnikani qabul qilib olayotgan, xarid qilayotgan, undan foydalanayotgan tomon ularning bizning barcha harbiy dalalarimizdagi harakatini tomosha qilishi uchun atayin tashkillashtiryapmiz. Eng muhimi — Rossiya Qurolli kuchlarining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha bugungi tajribasi bilan bo‘lishishni ham maqsad qilganmiz», — dedi Rossiya Qurolli kuchlari rahbari.

    «Sizlarning guruhlaringizga avvalgi musobaqalardagidek muvaffaqiyatli ishtirok etishini tilayman», — dedi Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri, deb xabar beradi Mustaqil davlatlar hamkorligi ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati.