Memorandumda Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekistonning “migratsiya masalalari boʻyicha oʻzlarining qonunchilik faoliyati haqida axborot almashish, ikki mamlakat qonunchiligini yaqinlashtirish va migratsiyani tartibga solish sohasidagi shartnomaviy-huquqiy bazaning takomillashuvi boʻyicha takliflar ishlab chiqishi” nazarda tutilgan.
Mazkur hujjat Rossiya-Oʻzbekiston parlamentlararo komissiyasi ishlari doirasida tayyorlangan va tamomila muvofiqlashtirilgan. V. Matviyenkoning alohida qayd etishicha, ushbu tizim “juda samarali ishlaydi” va natijadordir.
Tomonlar ikki mamlakatning parlamentlari Rossiya va Oʻzbekiston prezidentlari oʻrtasida qoʻlga kiritilgan kelishuvlarni qoʻllab-quvvatlashishi kerakligiga urgʻu berdi.
Oʻz oʻrnida, T. Narbayeva Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga bu yil yozga moʻljallangan tashrifi davomida Rossiya poytaxtida Rossiya-Oʻzbekiston forumi boʻlib oʻtishi kerakligini eslatdi. Shu oʻrinda mamlakatlar parlamentlararo komissiyasi oʻzaro hamkorlikni federal parlamentlari miqyosida emas, hududlar parlamentlari miqyosida ham yoʻlga qoʻyilishi zarurligiga ishonch bildirdi, deb xabar beradi Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi ijroiya qoʻmitasi matbuot xizmati.