Rossiya va Oʻzbekistonning hududiy shaharlari oʻrtasida aviaqatnovlar soni ortib boryapti

    Transport 24 Yanvar 2024 629

    Rossiyaning “Red Wings” aviakompaniyasi Qozon — Namangan — Qozon yoʻnalishi boʻyicha muntazam yoʻlovchi qatnovlarini yoʻlga qoʻyadi.

    Shaharlar oʻrtasidagi aviaqatnovlar 2024-yil 12-fevraldan boshlanishi va 2024-yil 25-martgacha davom etishi rejalashtirilgan. Parvozlar haftada bir marta dushanba kunlari SU95 rusumidagi samolyotlarda muntazam ravishda amalga oshiriladi.

    Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Red Wings aviakompaniyasi Oʻzbekistonga 12 ta yoʻnalish boʻyicha parvozlarni amalga oshiradi:

    - Maxachkala — Buxoro — Maxachkala (chorshanba va juma kunlari);

    - Maxachkala — Namangan — Maxachkala (chorshanba va shanba kunlari);

    - Maxachkala — Urganch — Maxachkala (shanba kunlari);

    - Maxachkala — Toshkent — Maxachkala (dushanba, juma va yakshanba kunlari);

    - Samara — Toshkent — Samara (seshanba kunlari);

    - Samara — Urganch — Samara (payshanba kunlari);

    - Moskva — Buxoro — Moskva (dushanba va juma kunlari);

    - Yekaterinburg — Samarqand — Yekaterinburg (shanba kunlari);

    - Yekaterinburg — Buxoro — Yekaterinburg (chorshanba va payshanba kunlari);

    - Yekaterinburg — Toshkent — Yekaterinburg (seshanba va juma kunlari);

    - Qozon — Samarqand — Qozon (dushanba kunlari);

    - Qozon — Toshkent — Qozon (payshanba kunlari).

    “Red Wings” — Domodedovo aeroportida joylashgan Rossiya aviakompaniyasi boʻlib, muntazam va charter reyslarni amalga oshiradi, deb xabar beradi uzbairports.uz