Oʻtkir va surunkali kasalliklarni keltirib chiqarishga qodir gepatotrop viruslar dunyodagi eng muhim muammolaridan biri boʻlib qolmoqda. Eng keng tarqalgan gepatotropik virus bu gepatit B virusi. Surunkali virusli gepatit B — bu virusining uzluksiz va siklik koʻpayishi (replikatsiyasi) bilan bogʻliq diffuz yalligʻlanish kasalligidir. Kasallikning tabiiy yoʻnalishining shakllaridan biri bu yashirin gepatit B.

Paster epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot instituti olimlari kasallikning dastlabki bosqichida, virus yuki kam boʻlganida, gepatit B virusi DNKsini biologik materialda aniqlash usulini ishlab chiqdi. Anʼanaviy laboratoriya usullari bilan tanada virus mavjudligini aniqlash mumkin emas.

“Yangi diagnostika usuli uchta maqsadli Real vaqtda aniqlash bilan ikki bosqichli Polimeraz Zanjirli Reaksiya(PSR)ga asoslangan. Ushbu usul virusning — surunkali virusli gepatit Vning DNKsini yashirin shaklida aniqlashga imkon beradi”, — deyiladi Rospotrebnadzor bayonotida.

Tashxis ikki bosqichda amalga oshirilgani sababli tahlilning sezgirligi oshadi. Bundan tashqari, tadqiqot davomida virusli genomning uchta mintaqasi (joylari) aniqlanadi — ularning har qanday ikkitasini aniqlash yashirin gepatit B mavjudligini ishonchli tasdiqlaydi.

Ishlab chiqilgan usul katta amaliy ahamiyatga ega. Bu qon donorlari, homilador ayollar, mehnat muhojirlari, OIV bilan kasallangan odamlar va gemodializ terapiyasini olgan bemorlarda yashirin gepatit Bni aniqlashga imkon beradi. Bundan tashqari, ushbu test noaniq etiologiyali gepatit bilan kasallangan bemorlarga aniq tashxis qoʻyish imkonini beradi.

Sohiba Utegenova,

yuqumli kasalliklar shifokori