FIFA Rossiya oʻsmirlar va yoshlar jamoalariga tashkilot shafeligida oʻtadigan musobaqalarda qatnashishga ruxsat berdi. Buning uchun RF jamoalari musobaqalarda neytral bayroq ostida va Rossiya madhiyasi yangramasdan ishtirok etishi talab etiladi.
FIFA matbuot xizmati xabarida aytilishicha, bu qaror UYEFAning xuddi shunday qarordan soʻng qabul qilingan.
Eslatib oʻtamiz, shu yilning 26-sentyabr kuni UYEFA 17 yoshgacha futbolchilari boʻlgan Rossiya jamoalariga oʻz musobaqalarida yuqoridagi shartlar asosida ishtirok etishiga ruxsat bergan edi.