Unga koʻra, oʻrmonchilik, yogʻoch tayyorlash, yogʻochni qayta ishlash, sabzavot yetishtirish ishlarida xorijiy ishchilarning ulushi 50 foizni tashkil etishi mumkinligi belgilangan.
Qurilishda bu miqdor 80 foizni, quruqlikdagi yoʻlovchilar transportida, shu jumladan, yuk tashish transportida 24 foizni tashkil qiladi.
Shu bilan birga, qurilishdagi miqdor Buryatiya, Dogʻiston, Amur viloyati va Moskvaga daxl qilmasligi belgilangan. Dogʻiston uchun bu ulush 50 foizni tashkil etadi.
Koʻchmas mulk boshqaruvida ragʻbatlantirish yoki kelishuv shartnomasi asosida 70 foizgacha yollanma ishchi kuchi jalb etilishiga ruxsat berilgan.
Migrantlarning 70 foizi JKX sohasiga binolar va hududlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha ishga joylashishlari mumkin boʻladi.