Migrantlar tegishli hujjatni rus tilida qo‘lda yoki kompyuterda to‘ldirish kerak. Keyinroq u Rossiya Ichki ishlar vazirligining hududiy organiga topshiriladi. Hujjatga mehnat shartnomasining nusxasini yoki kelishuv ilova qilinishi kerak. Agar kelishuv og‘zaki tuzilgan bo‘lsa, ishni bajarish uchun fuqarolik shartnomasi haqida ma’lumot berish mumkin.
Shundan so‘ng hujjat bosma shaklda IIVning hududiy boshqarmasiga shaxsan kelib yoki pochta orqali yoxud davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda topshiriladi. Buyruq 2024-yil 7-yanvardan kuchga kiradi.