Rossiyada aholini elektron roʻyxatga olish oʻzbek tilida ham amalga oshiriladi

    Dolzarb 6 Oktabr 2021 2196

    Rossiya aholisini roʻyxatga olishda xorijiy ishchilarni ham ishtirok etishga chorlash maqsadida Rosstatda bir necha tildaga maxsus bukletlar va varaqalar tayyorlandi.

    Bu haqda mazkur idora rahbari Pavel Malkov soʻzlab berdi.

    Migrantlar ishtirok etishga ozarbayjon tilida, arman tilida, qozoq tilida, qirgʻiz tilida, moldavan tilda, tojik tilida va oʻzbek tilida chorlanadi.

    Malkovning soʻzlariga koʻra, Rosstatdagilarga turli xil vazirliklar va idoralar, shuningdek biznes, diniy va madaniy tashkilotlar vakillari, milliy diasporalar rahbarlaridan iborat hamkasblarining koʻmagi koʻrinyapti. Idoradagilar migrantlar uyushmalari har bir xorijlikka yetkazilishida yordam berishiga ishonadi.

    Rosstat rahbari “Gosuslugi” (“Davlat xizmatlari”) portalida elektron roʻyxat varaqalari toʻrtta chet tiliga tarjima qilinadi, — deb taʼkidladi. Bular : ingliz tili, xitoy tili, koreys tili va oʻzbek tili. Undan tashqari hujjatlar Rossiya xalqlarining olti tilida taqdim etiladi. Aynan qaysi tillar ekanligiga Malkov aniqlik kiritmadi.

    Butunrossiya aholini roʻyxatga olish 15-oktyabrdan 14-noyabrga qadar davom etadi. Dastlabki natijalar 2022-yil yanvar oyida maʼlum boʻladi. Millatlar boʻyicha maʼlumotlar esa 2022-yil oktyabr oyida eʼlon qilinadi.